Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 53)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 53

ذَٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَىٰ قَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ ۙ وَأَنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 53 ٥٣

Bunday bo`lishi Alloh bir qavmga bergan ne'matini, toki, ular o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, o`zgartiruvchi bo`lmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot bo`lganidandir. (53)

Tafsir
Xoʻsh, bu qattiq azob nima sababdan keldi? Gap shundaki, Alloh bir qavmga bir nematni beradi. Qavm uning shukrini bajo keltirib, iymon-etiqodida barqaror tursa, undan nemat ketmaydi. Lekin agar oʻzidan ketib, kufru isyon sari qadam bossa, Alloh undan nematni olib qoʻyadi. Alloh bandalarining aytgan gaplarini eshitib, qilgan amallarini koʻrib-bilib turguvchi Zotdir. Biron narsa, biron ish U Zotdan yashirin emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin