Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 58

وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِنْ قَوْمٍ خِيَانَةً فَانْبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَىٰ سَوَاءٍ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْخَائِنِينَ 58 ٥٨

Agar bir qavmning xiyonatidan qo`rqadigan bo`lsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) o`rtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas. (58)

Tafsir
Ey Paygʻambar, biron qavmda xiyonat qilish alomatlarini koʻrib, uning qilgan ahdini buzishidan xavfsirasangiz, unga ahd batamom buzilganini bildirib qoʻying. Ahd buzilganini elon qilmay turib, ularga toʻsatdan hujum qilmang. Zero, bunday qilish xiyonatdir. Alloh xoinlarni yaxshi koʻrmaydi. Ulardan intiqom oladi. Shunday boʻlgach, siz xiyonat qilib qoʻyishdan ehtiyot boʻling.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin