Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Nabiy uchun yer yuzida zabardast bo`lmagunicha asirlari bo`lishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning o`tkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. (67)
Tafsir
Paygʻambarga oʻzi bilan jang qilayotgan kofirlarni asir olish mumkin emas. Toki, oʻlim koʻpayib, ularning yuragiga qoʻrquv kirib, qayta jang qila olmay qolsinlar. Ey moʻminlar, Badr asirlari uchun toʻlov olmoqchi boʻlyapsizlarmi? Alloh esa oxiratni xohlaydiki, unga dinni aziz va gʻolib qilish ila erishursizlar. Alloh Oʻz zotida ham, sifatlarida ham, qahrida ham Gʻolibdir. Alloh har bir qadarini, shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: