Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey Nabiy, qo`lingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik bo`lsa, Alloh bilur va sizga o`zingizdan olingan narsadan ko`ra yaxshiroq narsani berur va sizni mag`firat qilur. Alloh mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt! (70)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Badr jangida asir tushgan mushriklarga ayting: "Agar Alloh qalbingizda ezgulik maqsadi borligini va niyatingiz tozaligini bilsa, sizlarga sizlardan olingan tovondan koʻra yaxshiroq nemat ato qilur. Shunday boʻlgach, toʻlagan tovoningizga xafa boʻlmangiz. Alloh gunohlaringizni magʻfirat qilur. Alloh tavba qilgan bandalarini Kechirguvchi, ularga Mehribon Zotdir". Allohning shu vadasi Paygʻambar alayhissalomning amakisi Abbosda va boshqa musulmon boʻlganlarda oʻz aksini topdi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: