Sura Abasa (Qosh chimirdi) — سُورَةُ عبس
عَبَسَ وَتَوَلَّىٰ i
80:1Aftini burishtirdi va yuz o`girdi. (1)
أَنْ جَاءَهُ الْأَعْمَىٰ i
80:2Ko`zi ko`r kishi huzuriga kelganda. (2)
وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّهُ يَزَّكَّىٰ i
80:3Qayerdan bilasan, ehtimol, u poklanar. (3)
أَوْ يَذَّكَّرُ فَتَنْفَعَهُ الذِّكْرَىٰ i
80:4Yoki nasihat olar va mav'iza unga manfaat berar. (4)
أَمَّا مَنِ اسْتَغْنَىٰ i
80:5Ammo istig`no qilganga bo`lsa... (5)
فَأَنْتَ لَهُ تَصَدَّىٰ i
80:6Sen u tomonga intilasan. (6)
وَمَا عَلَيْكَ أَلَّا يَزَّكَّىٰ i
80:7U poklanmasa, seni hech kim malomat qilmas. (7)
وَأَمَّا مَنْ جَاءَكَ يَسْعَىٰ i
80:8Ammo huzuringga shoshilib kelgan. (8)
وَهُوَ يَخْشَىٰ i
80:9Va U zotdan qo`rqqan holda bo`lgandan esa... (9)
فَأَنْتَ عَنْهُ تَلَهَّىٰ i
80:10Bas, Sen undan mashg`ul bo`lasan. (10)
كَلَّا إِنَّهَا تَذْكِرَةٌ i
80:11Yo`q! Albatta ular (Qur'on oyatlari) eslatmadir. (11)
فَمَنْ شَاءَ ذَكَرَهُ i
80:12Kim xohlasa, uni eslaydir. (12)
فِي صُحُفٍ مُكَرَّمَةٍ i
80:13Hurmatlangan sahifalardadir. (13)
مَرْفُوعَةٍ مُطَهَّرَةٍ i
80:14Oliy qadardirlar, poklangandirlar. (14)
بِأَيْدِي سَفَرَةٍ i
80:15Elchi(farishta)lar qo`llaridadir. (15)
كِرَامٍ بَرَرَةٍ i
80:16Ular hurmatlangan va o`ta yaxshidirlar. (16)
قُتِلَ الْإِنْسَانُ مَا أَكْفَرَهُ i
80:17Insonga la'nat bo`lsin, uning kofirligi qandoq shiddatli bo`ldi. (17)
مِنْ أَيِّ شَيْءٍ خَلَقَهُ i
80:18Uni qaysi narsadan yaratdi? (18)
مِنْ نُطْفَةٍ خَلَقَهُ فَقَدَّرَهُ i
80:19Nutfadan uni yaratdi va uni o`lchovli qildi. (19)
ثُمَّ السَّبِيلَ يَسَّرَهُ i
80:20So`ngra, chiqish yo`lini oson qildi. (20)
ثُمَّ أَمَاتَهُ فَأَقْبَرَهُ i
80:21So`ngra o`ldirdi va qabrga kirgazdi. (21)
ثُمَّ إِذَا شَاءَ أَنْشَرَهُ i
80:22So`ngra (qachon) xohlasa, uni qayta tiriltiradi. (22)
كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَا أَمَرَهُ i
80:23Yo`q, undoq emas! U o`ziga U zot qilgan amrni bajarmadi. (23)
فَلْيَنْظُرِ الْإِنْسَانُ إِلَىٰ طَعَامِهِ i
80:24Inson o`z taomiga nazar solsin. (24)
أَنَّا صَبَبْنَا الْمَاءَ صَبًّا i
80:25Albatta, Biz suvni rosa quyib qo`yibmiz. (25)
ثُمَّ شَقَقْنَا الْأَرْضَ شَقًّا i
80:26So`ngra yerni o`ziga xos yordik. (26)
فَأَنْبَتْنَا فِيهَا حَبًّا i
80:27Biz unda donni. (27)
وَعِنَبًا وَقَضْبًا i
80:28Va uzum va ko`klarni. (28)
وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا i
80:29Va zaytun va xurmolarni. (29)
وَحَدَائِقَ غُلْبًا i
80:30Va tig`iz bog`larni. (30)
وَفَاكِهَةً وَأَبًّا i
80:31Va mevalaru o`t-o`lanlarni o`stirib qo`ydik. (31)
مَتَاعًا لَكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ i
80:32Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo`lsin, deb. (32)
فَإِذَا جَاءَتِ الصَّاخَّةُ i
80:33Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa. (33)
يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ i
80:34U kunda kishi o`z aka-ukasidan. (34)
وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ i
80:35Va onasi va otasidan. (35)
وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ i
80:36Va xotini va bola-chaqasidan qochadi. (36)
لِكُلِّ امْرِئٍ مِنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ i
80:37U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o`z ishi bor. (37)
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُسْفِرَةٌ i
80:38U kunda porloq chehralar bor. (38)
ضَاحِكَةٌ مُسْتَبْشِرَةٌ i
80:39Ular kulgu bilan to`la, yetgan xushxabardan xursand. (39)
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ عَلَيْهَا غَبَرَةٌ i
80:40U kunda bir chehralar borki, ularni g`ubor bosgan. (40)
تَرْهَقُهَا قَتَرَةٌ i
80:41Ustini zulmat qoplagan. (41)
أُولَٰئِكَ هُمُ الْكَفَرَةُ الْفَجَرَةُ i
80:42Ular, ana o`shalar, kofirlar va fojirlardir. (42)