Sura Infitor (Yorilish) — سُورَةُ الإنفطار
إِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ i
82:1Vaqtiki, osmon yorilsa. (1)
وَإِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ i
82:2Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa. (2)
وَإِذَا الْبِحَارُ فُجِّرَتْ i
82:3Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa. (3)
وَإِذَا الْقُبُورُ بُعْثِرَتْ i
82:4Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo`lsa. (4)
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَا قَدَّمَتْ وَأَخَّرَتْ i
82:5Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani ta'xir qildi — biladir. (5)
يَا أَيُّهَا الْإِنْسَانُ مَا غَرَّكَ بِرَبِّكَ الْكَرِيمِ i
82:6Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g`ururga ketkazdi?! (6)
الَّذِي خَلَقَكَ فَسَوَّاكَ فَعَدَلَكَ i
82:7U seni to`la-to`kis va mo`'tadil qilib yaratgandi. (7)
فِي أَيِّ صُورَةٍ مَا شَاءَ رَكَّبَكَ i
82:8O`zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi. (8)
كَلَّا بَلْ تُكَذِّبُونَ بِالدِّينِ i
82:9Yo`q!!! Balki, siz jazoni yolg`onga chiqarmoqdasiz!!! (9)
وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَافِظِينَ i
82:10Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir. (10)
كِرَامًا كَاتِبِينَ i
82:11Ular hurmatli yozib turguvchilardir. (11)
يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ i
82:12Ular nima qilayotganingizni biladir. (12)
إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ i
82:13Albatta, yaxshilar jannatdadir. (13)
وَإِنَّ الْفُجَّارَ لَفِي جَحِيمٍ i
82:14Va, albatta, fojirlar jahannamdadir. (14)
يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ الدِّينِ i
82:15Ular u yerga qiyomat kuni kiradir. (15)
وَمَا هُمْ عَنْهَا بِغَائِبِينَ i
82:16Va ular undan g`oyib bo`la olmaslar. (16)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الدِّينِ i
82:17Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi? (17)
ثُمَّ مَا أَدْرَاكَ مَا يَوْمُ الدِّينِ i
82:18So`ng, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi? (18)
يَوْمَ لَا تَمْلِكُ نَفْسٌ لِنَفْسٍ شَيْئًا ۖ وَالْأَمْرُ يَوْمَئِذٍ لِلَّهِ i
82:19O`sha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning O`ziga xos. (19)