Sura Al-Mutaffifin (O‘lchovdan uruvchilar) — سُورَةُ المطففين
وَيْلٌ لِلْمُطَفِّفِينَ i
Vayl bo`lsin o`lchovdan urib qoluvchilarga. (1)
الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُوا عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ i
Ular odamlardan narsa o`lchab olsalar, to`liq olarlar. (2)
وَإِذَا كَالُوهُمْ أَوْ وَزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ i
Va agar odamlarga o`lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar. (3)
أَلَا يَظُنُّ أُولَٰئِكَ أَنَّهُمْ مَبْعُوثُونَ i
Ana shular, albatta, qayta tiriltirilishlarini o`ylamaydilarmi? (4)
لِيَوْمٍ عَظِيمٍ i
Ulug` bir kunda. (5)
يَوْمَ يَقُومُ النَّاسُ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ i
U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar. (6)
كَلَّا إِنَّ كِتَابَ الْفُجَّارِ لَفِي سِجِّينٍ i
Yo`q! Albatta fojirlarlarning kitobi «sijjiyn»dadir. (7)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا سِجِّينٌ i
«Sijjiyn» qanday narsa ekanini senga nima bildirdi?! (8)
كِتَابٌ مَرْقُومٌ i
U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur. (9)
وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ i
O`sha kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin! (10)
الَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ i
Ular jazo (qiyomat) kunini yolg`onga chiqarurlar. (11)
وَمَا يُكَذِّبُ بِهِ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ i
Uni haddan oshuvchi va o`ta gunohkorlardan boshqalar yolg`onga chiqarmaslar. (12)
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ i
Qachon unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, «avvalgilarning afsonalari», der. (13)
كَلَّا ۖ بَلْ ۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ i
Yo`q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog`or bo`lib o`rnashib qolgandir. (14)
كَلَّا إِنَّهُمْ عَنْ رَبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَمَحْجُوبُونَ i
Yo`q!!! Albatta, ular o`sha kunda o`z Robbilarini ko`rishdan to`silurlar. (15)
ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُو الْجَحِيمِ i
So`ngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir. (16)
ثُمَّ يُقَالُ هَٰذَا الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ i
So`ngra, mana bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan narsa, deyilur. (17)
كَلَّا إِنَّ كِتَابَ الْأَبْرَارِ لَفِي عِلِّيِّينَ i
Yo`q!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadur. (18)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا عِلِّيُّونَ i
«Illiyyiyn» qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?! (19)
كِتَابٌ مَرْقُومٌ i
U yozilgan kitobdur. (20)
يَشْهَدُهُ الْمُقَرَّبُونَ i
Unga muqarrab(farishta)lar shohid bo`lurlar. (21)
إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ i
Albatta, abrorlar jannati na'iymdadurlar. (22)
عَلَى الْأَرَائِكِ يَنْظُرُونَ i
Pardali baland so`rilar ustida nazar solib tururlar. (23)
تَعْرِفُ فِي وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ النَّعِيمِ i
Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olasan. (24)
يُسْقَوْنَ مِنْ رَحِيقٍ مَخْتُومٍ i
Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar. (25)
خِتَامُهُ مِسْكٌ ۚ وَفِي ذَٰلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ i
U(sharob)ning xotimasi miskdandir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar. (26)
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ i
U sharobning aralashmasi «Tasniym»dandir. (27)
عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا الْمُقَرَّبُونَ i
U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar. (28)
إِنَّ الَّذِينَ أَجْرَمُوا كَانُوا مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا يَضْحَكُونَ i
Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar. (29)
وَإِذَا مَرُّوا بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ i
Agar mo`minlar ularning yonidan o`tsalar, masxaralab ishora qilar edilar. (30)
وَإِذَا انْقَلَبُوا إِلَىٰ أَهْلِهِمُ انْقَلَبُوا فَكِهِينَ i
Agar (kofirlar) o`z ahllari huzuriga qaytib borsalar, huzurlanib qaytib borar edilar. (31)
وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوا إِنَّ هَٰؤُلَاءِ لَضَالُّونَ i
Va agar u(mo`min)larni ko`rsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar. (32)
وَمَا أُرْسِلُوا عَلَيْهِمْ حَافِظِينَ i
Holbuki, ular mo`minlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yo`q-ku! (33)
فَالْيَوْمَ الَّذِينَ آمَنُوا مِنَ الْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ i
Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar. (34)
عَلَى الْأَرَائِكِ يَنْظُرُونَ i
Pardali, baland so`rilar ustida nazar solib turarlar. (35)
هَلْ ثُوِّبَ الْكُفَّارُ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ i
Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobini» olarmikanlar?! (36)