Sura Inshiqoq (Yorilib ochilish) — سُورَةُ الإنشقاق
إِذَا السَّمَاءُ انْشَقَّتْ i
84:1Vaqtiki, osmon yorilsa. (1)
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ i
84:2U(osmon) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi. (2)
وَإِذَا الْأَرْضُ مُدَّتْ i
84:3Va vaqtiki, yer cho`zilsa. (3)
وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ i
84:4Va o`z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa. (4)
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ i
84:5U(er) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi. (5)
يَا أَيُّهَا الْإِنْسَانُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَاقِيهِ i
84:6Ey inson! Albatta, sen Robbingga yo`liqquningcha, harakatu urinishda bo`lasan va oxiri unga yo`liqasan ham. (6)
فَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِيَمِينِهِ i
84:7Ammo kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa. (7)
فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا i
84:8Tezda, osongina hisob qilinur. (8)
وَيَنْقَلِبُ إِلَىٰ أَهْلِهِ مَسْرُورًا i
84:9Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur. (9)
وَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ وَرَاءَ ظَهْرِهِ i
84:10Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa... (10)
فَسَوْفَ يَدْعُو ثُبُورًا i
84:11U tezda o`ziga halokatni chaqirur. (11)
وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا i
84:12Va qizib turgan do`zaxga kirur. (12)
إِنَّهُ كَانَ فِي أَهْلِهِ مَسْرُورًا i
84:13Chunki, u (bu dunyoda) o`z ahli bilan xursand bo`lib o`tgan edi. (13)
إِنَّهُ ظَنَّ أَنْ لَنْ يَحُورَ i
84:14Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni o`ylagan edi. (14)
بَلَىٰ إِنَّ رَبَّهُ كَانَ بِهِ بَصِيرًا i
84:15Ha! Albatta, Robbi uni doim ko`rib turuvchi edi. (15)
فَلَا أُقْسِمُ بِالشَّفَقِ i
84:16Shafaq bilan qasamki. (16)
وَاللَّيْلِ وَمَا وَسَقَ i
84:17Kechasi va u o`rab olgan narsalar bilan qasamki. (17)
وَالْقَمَرِ إِذَا اتَّسَقَ i
84:18Va to`lin oy bilan qasamki. (18)
لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَنْ طَبَقٍ i
84:19Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar. (19)
فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ i
84:20Nima bo`lgan ularga, iymon keltirmaslar?! (20)
وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ الْقُرْآنُ لَا يَسْجُدُونَ ۩ i
84:21Va agar ularga Qur'on o`qilsa, sajda qilmaslar. (21)
بَلِ الَّذِينَ كَفَرُوا يُكَذِّبُونَ i
84:22Balki kofirlar yolg`onga chiqarurlar. (22)
وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ i
84:23Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning O`zi biladir. (23)
فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ i
84:24Ularga alamli azobning «bashoratini» ber. (24)
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ i
84:25Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor. (25)