Sura Al-Buruj (Burjlar) — سُورَةُ البروج
وَالسَّمَاءِ ذَاتِ الْبُرُوجِ i
Burjlar egasi bo`lgan osmon bilan qasam. (1)
وَالْيَوْمِ الْمَوْعُودِ i
Va va'da qilingan kun bilan qasam. (2)
وَشَاهِدٍ وَمَشْهُودٍ i
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam. (3)
قُتِلَ أَصْحَابُ الْأُخْدُودِ i
«Uxdud» egalariga la'nat bo`lsin. (4)
النَّارِ ذَاتِ الْوَقُودِ i
U yoqilg`isi ko`p, qattiq isigan olovdir. (5)
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ i
U(kofir)lar o`sha(chuqur)lar atrofida o`tiribdirlar. (6)
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِالْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ i
Va ular mo`minlarga qilayotgan narsalariga o`zlari guvohdirlar. (7)
وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَنْ يُؤْمِنُوا بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ i
Va (ular) mo`minlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bo`lgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar. (8)
الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ i
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O`zi guvohdir. (9)
إِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ i
Albatta, mo`min va mo`minalarni fitna qilib, so`ngra tavba qilmaganlarga, ana o`shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor. (10)
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْكَبِيرُ i
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir. (11)
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ i
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir. (12)
إِنَّهُ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ i
Albatta, U O`zi boshlaydir va qaytaradir. (13)
وَهُوَ الْغَفُورُ الْوَدُودُ i
Va U mag`firat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo ko`ruvchi Zotdir. (14)
ذُو الْعَرْشِ الْمَجِيدُ i
U, Arsh egasi hamda qadri ulug` Zotdir. (15)
فَعَّالٌ لِمَا يُرِيدُ i
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir. (16)
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ الْجُنُودِ i
Senga askarlarning xabari keldimi? (17)
فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ i
Fir'avn va Samudning. (18)
بَلِ الَّذِينَ كَفَرُوا فِي تَكْذِيبٍ i
Balki, kofirlar yolg`onga chiqarishadir? (19)
وَاللَّهُ مِنْ وَرَائِهِمْ مُحِيطٌ i
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir. (20)
بَلْ هُوَ قُرْآنٌ مَجِيدٌ i
Yo`q!!! U Qur'oni Majiyddur. (21)
فِي لَوْحٍ مَحْفُوظٍ i
U Lavhul Mahfuzdadir. (22)