Sura Toriq (Tong yulduzi) — سُورَةُ الطارق
وَالسَّمَاءِ وَالطَّارِقِ i
86:1Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam. (1)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الطَّارِقُ i
86:2Toriq nimaligini senga ne bildirdi? (2)
النَّجْمُ الثَّاقِبُ i
86:3U, nur sochib turuvchi yulduzdir. (3)
إِنْ كُلُّ نَفْسٍ لَمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌ i
86:4Hech bir jon yo`qki, uning hifz qilib turuvchisi bo`lmasa. (4)
فَلْيَنْظُرِ الْإِنْسَانُ مِمَّ خُلِقَ i
86:5Inson nimadan yaralganiga nazar solsin. (5)
خُلِقَ مِنْ مَاءٍ دَافِقٍ i
86:6U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir. (6)
يَخْرُجُ مِنْ بَيْنِ الصُّلْبِ وَالتَّرَائِبِ i
86:7U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (ko`krak suyagi) orasidan chiqadir. (7)
إِنَّهُ عَلَىٰ رَجْعِهِ لَقَادِرٌ i
86:8Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir. (8)
يَوْمَ تُبْلَى السَّرَائِرُ i
86:9Sirlar fosh bo`ladigan kundadir. (9)
فَمَا لَهُ مِنْ قُوَّةٍ وَلَا نَاصِرٍ i
86:10Bas (o`shanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham bo`lmaydir. (10)
وَالسَّمَاءِ ذَاتِ الرَّجْعِ i
86:11Qaytuvchi sohibi bo`lgan osmon bilan qasam. (11)
وَالْأَرْضِ ذَاتِ الصَّدْعِ i
86:12Yorib chiquvchi egasi bo`lgan yer bilan qasam. (12)
إِنَّهُ لَقَوْلٌ فَصْلٌ i
86:13Albatta, u (Qur'on) ajratuvchi so`zdir. (13)
وَمَا هُوَ بِالْهَزْلِ i
86:14Va u hazil emasdir. (14)
إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًا i
86:15Albatta, ular hiyla qiladir. (15)
وَأَكِيدُ كَيْدًا i
86:16Va Men ham «hiyla» qilurman. (16)
فَمَهِّلِ الْكَافِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًا i
86:17Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber. (17)