Sura A'lo (Eng oliy) — سُورَةُ الأعلى
سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْأَعْلَى i
87:1Oliy qadar bo`lgan Robbing ismini poklab yod et. (1)
الَّذِي خَلَقَ فَسَوَّىٰ i
87:2U yaratgan va mutanosib qilgan Zotdir. (2)
وَالَّذِي قَدَّرَ فَهَدَىٰ i
87:3U, o`lchov bilan qilgan va hidoyatga boshlagan Zotdir. (3)
وَالَّذِي أَخْرَجَ الْمَرْعَىٰ i
87:4U, o`t-o`lanni chiqargan Zotdir. (4)
فَجَعَلَهُ غُثَاءً أَحْوَىٰ i
87:5Bas, uni qoraygan xashak qilgan Zotdir. (5)
سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنْسَىٰ i
87:6Biz senga (Qur'onni) qiroat qildiramiz, bas, sen uni esdan chiqarmassan. (6)
إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۚ إِنَّهُ يَعْلَمُ الْجَهْرَ وَمَا يَخْفَىٰ i
87:7Illo, Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir. (7)
وَنُيَسِّرُكَ لِلْيُسْرَىٰ i
87:8Va seni oson yo`lga muyassar qilamiz. (8)
فَذَكِّرْ إِنْ نَفَعَتِ الذِّكْرَىٰ i
87:9Bas, agar eslatish manfaat bersa, eslatgin. (9)
سَيَذَّكَّرُ مَنْ يَخْشَىٰ i
87:10Albatta, U zotdan qo`rqqan esga oladir. (10)
وَيَتَجَنَّبُهَا الْأَشْقَى i
87:11Va badbaxtgina undan chetda bo`ladir. (11)
الَّذِي يَصْلَى النَّارَ الْكُبْرَىٰ i
87:12U katta olovga kiradir. (12)
ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ i
87:13So`ngra, uning ichida o`lmay ham, tirilmay ham qoladir. (13)
قَدْ أَفْلَحَ مَنْ تَزَكَّىٰ i
87:14Haqiqatan, kim pok bo`lsa, yutuq topadir. (14)
وَذَكَرَ اسْمَ رَبِّهِ فَصَلَّىٰ i
87:15Va Robbi ismini zikr qilsa va namoz o`qisa hamdir. (15)
بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا i
87:16Balki, sizlar bu dunyo hayotini ustun qo`yasizlar. (16)
وَالْآخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ i
87:17Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. (17)
إِنَّ هَٰذَا لَفِي الصُّحُفِ الْأُولَىٰ i
87:18Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir. (18)
صُحُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ i
87:19Ibrohim va Muso sahifalaridadir. (19)