Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 103

خُذْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ صَدَقَةً تُطَهِّرُهُمْ وَتُزَكِّيهِمْ بِهَا وَصَلِّ عَلَيْهِمْ ۖ إِنَّ صَلَاتَكَ سَكَنٌ لَهُمْ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 103 ١٠٣

Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. (103)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ularning mollaridan zakot oling. Zakot ularni gunoh va masiyat kirlaridan poklaydi. Yaxshiliklarini esa oʻstiradi, rivojlantiradi. Keyin ularning haqqiga duo qiling. Sizning duoyingiz ular uchun bir rahmat va xotirjamlikdir. Alloh duoyingizni Eshitguvchi, ularning amallari va niyatlarini Bilguvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin