Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 107)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 107

وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مَسْجِدًا ضِرَارًا وَكُفْرًا وَتَفْرِيقًا بَيْنَ الْمُؤْمِنِينَ وَإِرْصَادًا لِمَنْ حَارَبَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ مِنْ قَبْلُ ۚ وَلَيَحْلِفُنَّ إِنْ أَرَدْنَا إِلَّا الْحُسْنَىٰ ۖ وَاللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ 107 ١٠٧

Ziyon, kufr, mo`minlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi bo`lishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yo`q, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolg`onchilardir. (107)

Tafsir
Munofiqlar orasida oʻzlariga masjid qurib olganlari ham bor. Ammo maqsadlari Allohga toat qilish emas, aksincha, musulmonlarga ziyon yetkazish, munofiqlarni qoʻllab-quvvatlash orqali kufrni keng tarqatish, moʻminlar orasiga tafriqa solish hamda masjid qurilishidan oldin Alloh va paygʻambariga qarshi kurashgan kimsalarni kutib olish boʻlgan. Oʻsha munofiqlar sizlarga: "Maqsadimiz musulmonlarga yaxshilik qilish edi, xolos", deb qasam ichadilar. Alloh guvohlik berurki, ular bu davolarida aniq yolgʻonchidirlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin