Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 111)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 111

إِنَّ اللَّهَ اشْتَرَىٰ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنْفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ بِأَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ ۚ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ وَالْقُرْآنِ ۚ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِ مِنَ اللَّهِ ۚ فَاسْتَبْشِرُوا بِبَيْعِكُمُ الَّذِي بَايَعْتُمْ بِهِ ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 111 ١١١

Albatta, Alloh mo`minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yo`lida jang qilurlar, o`ldirurlar va o`ldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qur'onda Uning zimmasidagi haq va'dadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod bo`lavering. Ana shuning o`zi ulkan yutuqdir. (111)

Tafsir
Aslida moʻminlarning oʻzlari Allohning mulki. Shunda ham U Zot Oʻz fazlu karami ila ulardan jonlarini sotib oldi. Sotib olganda ham juda qimmatga sotib oldi. Evaziga jannatni berdi. Jannatni!!! Ular kofirlarga qarshi Allohning soʻzi oliy boʻlishi uchun jang qiladilar. Ular ham kofirlarni oʻldiradilar. Kofirlar ham ularni oʻldiradilar. Alloh mana shunga vada berdi. Berganda ham Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotda, Iyso alayhissalomga nozil qilingan Injilda va Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quronda berdi. Alloh subhonahudan koʻra vadasiga vafodorroq kimsa yoʻqdir!!! Shunday ekan, ey moʻminlar, qilgan savdolaringizdan xursand boʻlaveringlar. Zero, undan juda katta foyda koʻrdinglar. Eng buyuk muvaffaqiyat mana shudir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin