Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 112)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 112

التَّائِبُونَ الْعَابِدُونَ الْحَامِدُونَ السَّائِحُونَ الرَّاكِعُونَ السَّاجِدُونَ الْآمِرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَالنَّاهُونَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَالْحَافِظُونَ لِحُدُودِ اللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ 112 ١١٢

Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro`za tutuvchilar, ruku' qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo`minlarga xushxabar ber! (112)

Tafsir
Mana shunday mukofotga sazovor boʻlganlar Alloh yomon koʻradigan ishlardan yuz oʻgirib, Alloh yoqtiradigan, rozi boʻladigan ishlarga qaytgan tavba qiluvchilar, Allohdan qoʻrqib va tavoze bilan ibodat qiluvchilar, har qanday holatda Parvardigoriga hamd aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, namoz oʻquvchilar, Alloh va Paygʻambari buyurgan yaxshilikka buyurib, Alloh va Paygʻambari qaytargan yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila U Zotning hadlariga rioya qilib turuvchilardir. Ey Paygʻambar, mana shunday sifatlarga ega boʻlgan moʻminlarga dunyoyu oxirat xushxabarini bering!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin