Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 120)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 120

مَا كَانَ لِأَهْلِ الْمَدِينَةِ وَمَنْ حَوْلَهُمْ مِنَ الْأَعْرَابِ أَنْ يَتَخَلَّفُوا عَنْ رَسُولِ اللَّهِ وَلَا يَرْغَبُوا بِأَنْفُسِهِمْ عَنْ نَفْسِهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ لَا يُصِيبُهُمْ ظَمَأٌ وَلَا نَصَبٌ وَلَا مَخْمَصَةٌ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلَا يَطَئُونَ مَوْطِئًا يَغِيظُ الْكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنْ عَدُوٍّ نَيْلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُمْ بِهِ عَمَلٌ صَالِحٌ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ 120 ١٢٠

Madina ahliga va ularning atrofidagi a'robiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va o`z jonlarini ko`zlab, uning joniga e'tibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yo`lida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning g`azabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas. (120)

Tafsir
Madina ahli va ularning atrofidagi sahroyi arobiylarga Allohning paygʻambari jihodga chiqqan paytida ortda qolishlari va undan yuz oʻgirib, oʻzlarinigina himoya qilish bilan band boʻlib olishlari mumkin emas edi. Aksincha, u zotni himoya qilish yoʻlida oʻz jonlarini tikishlari vojib edi. Zero, Alloh yoʻlida ularga biron tashnalik, mashaqqat, ochlik yetsa va kofirlarni gʻazablantiradigan biron qadam bossalar, dushmanni oʻldirish, asir olish, oʻlja qilish, magʻlub etish kabi ishlar bilan unga biron ziyon yetkazsalar, albatta Alloh ularga shu ishlari evaziga bir yaxshi maqbul amal yozgan boʻlardi. Alloh yaxshilik qiluvchilarning amallarini zoye qilmas. Amallariga yarasha va hatto ortigʻi bilan mukofotlarini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin