Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 128)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 128

لَقَدْ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ أَنْفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِنِينَ رَءُوفٌ رَحِيمٌ 128 ١٢٨

Batahqiq, sizlarga o`zingizdan bo`lgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun og`ir bo`lgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, mo`minlarga marhamatli, mehribon bo`lgan Payg`ambar keldi. (128)

Tafsir
Ey arablar, sizlarga oʻzingiz kabi bir arab paygʻambar keldiki, sizlarga nima ogʻir kelsa, unga ham ogʻir keladi, sizlarning hidoyat topishingizga oʻta haris boʻladi, sizlar haqingizda qattiq qaygʻuradi. U xususan moʻminlarga oʻta rahmdil va mehribondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin