Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 13

أَلَا تُقَاتِلُونَ قَوْمًا نَكَثُوا أَيْمَانَهُمْ وَهَمُّوا بِإِخْرَاجِ الرَّسُولِ وَهُمْ بَدَءُوكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ أَتَخْشَوْنَهُمْ ۚ فَاللَّهُ أَحَقُّ أَنْ تَخْشَوْهُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 13 ١٣

Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi bo`lib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qo`rqasizmi?! Agar mo`min bo`lsangiz, qo`rqishingizga loyiq zot Allohdir! (13)

Tafsir
Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, Dorun-nadvadagi yigʻilishda Paygʻambar alayhissalomni Makkadan chiqarib yuborishgi uringan, dastlab Qurayshning ittifoqdoshi Bakrga Paygʻambar alayhissalomning ittifoqdoshi Xuzoaga qarshi yordam berib, urushni oʻzlari boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi? Ulardan qoʻrqasizlarmi? Jang qilishga juratinglar yetmaydimi? Agar chin moʻmin boʻlsangizlar, qoʻrqishingizga Alloh haqliroqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin