Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular Allohning nurini og`izlari bilan o`chirmoqchi bo`lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, O`z nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir. (32)
Tafsir
Anavi kofirlar va ularga oʻxshab, Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolatni yolgʻonga chiqarib, u zotga qarshi boʻhtonlar toʻqiydigan razillar Islomni yoʻq qilib, u keltirgan Allohning yagonaligi va Muhammad alayhissalom olib kelgan dinning haqligiga dalolat qiluvchi yorqin dalil-hujjatlarni puchga chiqarmoqchi boʻladilar. Alloh esa garchi kofirlarga yoqmasa-da, Oʻz dinini gʻolib, oliy va komil etishni istaydi. Alloh bir ishni iroda qilsa, boshqaning irodasi puchga chiqar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: