Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o`n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to`rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to`g`ri dindir. U(oy)larda o`zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo`lib, ular sizga qarshi jam bo`lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. (36)
Tafsir
Allohning hukmi va qazosida oylar soni oʻn ikki oydir. Alloh osmonlaru yerni yaratgan kunida Lavhul-Mahfuzda shunday belgilagan. Shu oʻn ikki oydan toʻrt oyida urush harom qilingan. Ular: ketma-ket keladigan Zulqada, Zulhijja va Muharram oylari hamda alohida keladigan Rajab oyidir. Oylarning oʻn ikkita boʻlishi va ulardan toʻrttasida urush harom qilingani toʻgʻri dindir. Bu oylarning hurmatini saqlamay, jang boshlab, oʻzingizga oʻzingiz zulm qilmangiz. Mushriklarning oʻzlari yoppasiga sizlarga qarshi jang boshlasalar, sizlar ham hammangiz ularga qarshi jang qilingiz. Bilingizki, Alloh buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlar bilan birgadir. Ularni qoʻllab-quvvatlar va ularga gʻalaba ato etur. Alloh kim bilan birga boʻlsa, hech kimsa undan gʻolib boʻla olmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: