Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 3

وَأَذَانٌ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ إِلَى النَّاسِ يَوْمَ الْحَجِّ الْأَكْبَرِ أَنَّ اللَّهَ بَرِيءٌ مِنَ الْمُشْرِكِينَ ۙ وَرَسُولُهُ ۚ فَإِنْ تُبْتُمْ فَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۖ وَإِنْ تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِي اللَّهِ ۗ وَبَشِّرِ الَّذِينَ كَفَرُوا بِعَذَابٍ أَلِيمٍ 3 ٣

(Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunidagi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u o`zingiz uchun yaxshidir. Agar yuz o`girib ketadigan bo`lsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver. (3)

Tafsir
Bu qurbon hayiti kuni hamma odamlarga Alloh va Uning Paygʻambari tarafidan Alloh ham, Uning Paygʻambari ham mushriklardan bezor ekanini bildirishdir. Ey mushriklar, shirkdan tavba qilsangizlar, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Tavba qilishdan bosh tortsangizlar, shunga ishonchingiz komil boʻlsinki, Allohning azobidan hargiz qochib qutula olmaysizlar. Ey Paygʻambar, kufr keltirganlarga xabar beringki, ularni yomon oqibat - alamli azob kutmoqda.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin