Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 42

لَوْ كَانَ عَرَضًا قَرِيبًا وَسَفَرًا قَاصِدًا لَاتَّبَعُوكَ وَلَٰكِنْ بَعُدَتْ عَلَيْهِمُ الشُّقَّةُ ۚ وَسَيَحْلِفُونَ بِاللَّهِ لَوِ اسْتَطَعْنَا لَخَرَجْنَا مَعَكُمْ يُهْلِكُونَ أَنْفُسَهُمْ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ 42 ٤٢

Agar oson manfaat va yaqin safar bo`lganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq ko`rindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir bo`lganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular o`zlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolg`onchi ekanlarini albatta biladir. (42)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan ruxsat soʻragan oʻsha munofiqlar siz chaqirayotgan ish yengil safar va osongina qoʻlga kiritiladigan oʻlja boʻlganida, sizga ergashgan boʻlardilar. Lekin ularga masofa uzoq boʻlib koʻrindi-da, jihodga chiqmay qoʻya qoldilar. Hali ular qaytgan paytingizda: "Qodir boʻlganimizda biz ham jihodga chiqqan boʻlardik", deb qasam ham ichadilar. Bu bilan oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otib, Allohning azobiga tutib beradilar. Alloh ularning davolari ham, qasamlari ham yolgʻon ekanini juda yaxshi biladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin