Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni o`rab olguvchidir. (49)
Tafsir
Munofiqlardan biri turli bahonalarni koʻrsatib: "Ey Allohning Paygʻambari, menga jihoddan qolishga ruxsat ber, oʻzing bilan birga chiqishga majbur qilma, toki, dushmanlarim Rum ayollari fitnasi tufayli biron gunohga yoʻliqmay", deydi. Ogoh boʻlingizkim, ular oʻzlari oʻylagan fitnadan koʻra kattaroq fitnaga, munofiqlik fitnasiga, jihoddan qolish fitnasiga yoʻliqdilar. Qiyomat kuni jahannam kofirlarni oʻrab olguvchidir. Hech biri undan qochib qutula olmas, qochishga yoʻl ham topolmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: