Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 5

فَإِذَا انْسَلَخَ الْأَشْهُرُ الْحُرُمُ فَاقْتُلُوا الْمُشْرِكِينَ حَيْثُ وَجَدْتُمُوهُمْ وَخُذُوهُمْ وَاحْصُرُوهُمْ وَاقْعُدُوا لَهُمْ كُلَّ مَرْصَدٍ ۚ فَإِنْ تَابُوا وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ فَخَلُّوا سَبِيلَهُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 5 ٥

Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, o`ldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, yo`llariga qo`yib yuboringlar. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. (5)

Tafsir
Urush harom qilingan, dushmaningizga omonlik berilgan oylar chiqqach, mushriklarni uchratgan joyingizda oʻldiringiz, qamal qilingiz va yoʻllarini poylab turingiz! Endi agar shirkdan tavba qilsalar va namozni toʻkis ado qilishib, mollaridan zakot bersalar, ular bilan jang qilishni toʻxtatinglar. Chunki ular sizlarning islomiy birodaringizga aylangan boʻladilar. Albatta, Alloh tavba qilgan bandasiga magʻfiratli, mehribondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin