Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 60

إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَابْنِ السَّبِيلِ ۖ فَرِيضَةً مِنَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 60 ٦٠

Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, ko`ngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yo`liga va yo`l o`g`lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. (60)

Tafsir
Farz qilingan zakotlar faqat faqirlarga, yani, biron hunari, ishi boʻlsa-da, topgani yetmasligi tufayli muhtoj boʻlgan kishilarga, hech narsasi yoʻq va ahvoli hammaga tanish boʻlgan miskinlarga, zakot yigʻish ishiga masul xodimlarga, Islomga qalbi moyil boʻlayotgan iymoni zaif gʻayridinlarga, qullarni ozod qilishga, isrof, masiyat aralashtirmasdan qarzini toʻlay olmayotgan qarzdorlarga, Alloh yoʻlidagi mujohidlarni taminlashga hamda uy-joyidan, nafaqasidan uzilib qolgan musofirga beriladi. Zakotlarning mana shu oʻrinlarga sarf qilinishi Alloh tarafidan farz qilingan. Alloh bandalariga nima yaxshi boʻlishini Biluvchi, har bir tadbiri va shariatini hikmat bilan qiluvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin