Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 70

أَلَمْ يَأْتِهِمْ نَبَأُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَقَوْمِ إِبْرَاهِيمَ وَأَصْحَابِ مَدْيَنَ وَالْمُؤْتَفِكَاتِ ۚ أَتَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 70 ٧٠

Ularga o`zlaridan oldin o`tganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va to`ntarilgan (qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular o`zlariga zulm qilar edilar. (70)

Tafsir
Anavi munofiqlarga oldingi Nuh qavmi, Hud qavmi, Solih qavmi, Ibrohim qavmi, Madyan aholisi, Lut qavmining qishloqlari va ularda sodir boʻlgan azob-uqubatlar xabari kelmadimi? Paygʻambarlari ularga ochiq hujjatlar va dalillar keltirgandilar. Alloh ularga zulm qilmagandi. Paygʻambarlarini yuborib, ogohlantirgandi. Lekin ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilib, paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, kufr yoʻlini tanlagandilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin