Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 7

كَيْفَ يَكُونُ لِلْمُشْرِكِينَ عَهْدٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعِنْدَ رَسُولِهِ إِلَّا الَّذِينَ عَاهَدْتُمْ عِنْدَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۖ فَمَا اسْتَقَامُوا لَكُمْ فَاسْتَقِيمُوا لَهُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ 7 ٧

Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd bo`lsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir. (7)

Tafsir
Mushriklar uchun Alloh huzurida ham, paygʻambari huzurida ham hech qanday ahd boʻlishi mumkin emas. Faqat, ey musulmonlar, sizlar Hudaybiya sulhida Masjidul-Harom oldida ahdlashganlaringiz bundan mustasno. Modomiki, ular sizlar bilan tuzgan ahdlarida barqaror ekanlar, sizlar ham uni buzmasdan barqaror turinglar. Alloh buyruqlarini bajaradigan va taqiqlaridan tiyiladigan taqvodor bandalarini yaxshi koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin