Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 80

اسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لَا تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِنْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةً فَلَنْ يَغْفِرَ اللَّهُ لَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 80 ٨٠

Ular uchun istig`for aytsang ham yoki istig`for aytmasang ham, baribir. Agar ular uchun yetmish marta istig`for aytsang ham, Alloh ularni zinhor mag`firat qilmas. Bu, ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. (80)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ular uchun magʻfirat soʻraysizmi, soʻramaysizmi, yetmish martalab magʻfirat soʻraysizmi, farqi yoʻq. Magʻfirat soʻrashingiz har qancha koʻp boʻlmasin, Alloh ularni magʻfirat qilishiga olib bormaydi. Chunki ular Alloh va Uning Paygʻambariga kufr keltirdilar. Alloh Oʻzining shariatidan qasddan chiqib ketgan qavmni haq sari hidoyat topishiga tavfiq bermaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin