Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 81

فَرِحَ الْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلَافَ رَسُولِ اللَّهِ وَكَرِهُوا أَنْ يُجَاهِدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَقَالُوا لَا تَنْفِرُوا فِي الْحَرِّ ۗ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّا ۚ لَوْ كَانُوا يَفْقَهُونَ 81 ٨١

Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar o`tirgan joylarida xursand bo`ldilar va Allohning yo`lida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qo`zg`almanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt. (81)

Tafsir
Tabuk gʻazotiga chiqmasdan uyida qolgan munofiqlar Paygʻambar alayhissalomga quloq solmay, jihoddan qolganlariga xursand boʻldilar. Ular molu jonlari bilan Alloh yoʻlida jihod qilishni yoqtirmay, oʻzlariga oʻxshagan munofiq doʻstlariga: "Issiqda yurmanglar", dedilar. Tabuk gʻazoti issiq kunlarda boʻlgandi. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Munofiqlarni kutib turgan jahannam olovi undan-da issiqroqdir, agar bilsalar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin