Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 83

فَإِنْ رَجَعَكَ اللَّهُ إِلَىٰ طَائِفَةٍ مِنْهُمْ فَاسْتَأْذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُلْ لَنْ تَخْرُجُوا مَعِيَ أَبَدًا وَلَنْ تُقَاتِلُوا مَعِيَ عَدُوًّا ۖ إِنَّكُمْ رَضِيتُمْ بِالْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍ فَاقْعُدُوا مَعَ الْخَالِفِينَ 83 ٨٣

Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn so`rasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada o`tirishga rozi bo`ldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan o`tiraveringlar», – deb ayt. (83)

Tafsir
Ey Paygʻambar, agar Alloh sizni oʻsha munofiqlardan bir toifasiga qaytarsa va ular siz bilan boshqa bir gʻazotga chiqishga izn soʻrasalar, ularga aytingki: "Ey munofiqlar, jazoyingiz shuki, endi hech qachon men bilan Alloh yoʻlidagi jihodga chiqmaysizlar. Sizlardan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan buzgʻunchiliklardan ehtiyot boʻlish shuni taqozo etadi. Sizlar avval-boshda Tabuk gʻazotiga chiqmasdan, uyda qolishga rozi boʻlgan edinglar. Endi ham jangdan qolib, kasallar, ayollar va bolalarga qoʻshilib, uyinglarda oʻtiraveringlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin