Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 92)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 92

وَلَا عَلَى الَّذِينَ إِذَا مَا أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لَا أَجِدُ مَا أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّوْا وَأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُوا مَا يُنْفِقُونَ 92 ٩٢

Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda g`amgin bo`lib, ko`zlaridan yoshlari to`kilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yo`q. (92)

Tafsir
Ey Paygʻambar, shuningdek, sizdan ot-ulov soʻrab kelganlarida, ularga: «Sizlarni mindirib yuboradigan ulov topolmayapman», deganingizda oʻzlarida ham, sizda ham sarflagani mablagʻ topa olmaganlari uchun gʻamgin boʻlishib, koʻzlaridan yosh toʻkib, qaytib ketgan kishilarning ham jihodga chiqmaganlari uchun hech qanday gunohlari yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin