Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 95)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 95

سَيَحْلِفُونَ بِاللَّهِ لَكُمْ إِذَا انْقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُوا عَنْهُمْ ۖ فَأَعْرِضُوا عَنْهُمْ ۖ إِنَّهُمْ رِجْسٌ ۖ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 95 ٩٥

Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz o`giringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir. (95)

Tafsir
Ey moʻminlar, anavi jihoddan qolganlarning oldilariga qaytganingizda ularni ayblamasligingiz uchun Alloh nomiga qasam ichadilar. Ulardan axlatdan yuz oʻgirgandek yuz oʻgiringlar. Chunki ular nopokdirlar. Ularning ichi nopok. Alal-oqibatda borar joylari esa jahannamdir. Qilib oʻtgan gunohlari va munofiqliklarining jazosi mana shu.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin