Sura Balad (Shahar) — سُورَةُ البلد
لَا أُقْسِمُ بِهَٰذَا الْبَلَدِ i
90:1Mana shu shahar bilan qasam. (1)
وَأَنْتَ حِلٌّ بِهَٰذَا الْبَلَدِ i
90:2Sen muqim turgan bu shahar-la. (2)
وَوَالِدٍ وَمَا وَلَدَ i
90:3Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam. (3)
لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي كَبَدٍ i
90:4Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik. (4)
أَيَحْسَبُ أَنْ لَنْ يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ i
90:5U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi? (5)
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًا لُبَدًا i
90:6U: «Ko`plab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir. (6)
أَيَحْسَبُ أَنْ لَمْ يَرَهُ أَحَدٌ i
90:7U o`zini birov ko`rmadi, deb hisoblaydirmi? (7)
أَلَمْ نَجْعَلْ لَهُ عَيْنَيْنِ i
90:8Biz unga ikki ko`zni. (8)
وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ i
90:9Va tilni va ikki labni bermadikmi? (9)
وَهَدَيْنَاهُ النَّجْدَيْنِ i
90:10Va Biz uni ikki yo`lga yo`llab qo`ymadikmi? (10)
فَلَا اقْتَحَمَ الْعَقَبَةَ i
90:11Bas, u dovon oshib o`tmadi. (11)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْعَقَبَةُ i
90:12Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi? (12)
فَكُّ رَقَبَةٍ i
90:13U qul ozod qilishdir. (13)
أَوْ إِطْعَامٌ فِي يَوْمٍ ذِي مَسْغَبَةٍ i
90:14Yoki ocharchilik kunida taom berishdir. (14)
يَتِيمًا ذَا مَقْرَبَةٍ i
90:15Qarindosh yetimga. (15)
أَوْ مِسْكِينًا ذَا مَتْرَبَةٍ i
90:16Yoki tuproqqa qorilgan miskinga. (16)
ثُمَّ كَانَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا بِالْمَرْحَمَةِ i
90:17So`ngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bo`lsa... (17)
أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ i
90:18Ana o`shalar o`ng tomon egalaridir. (18)
وَالَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِنَا هُمْ أَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ i
90:19Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir. (19)
عَلَيْهِمْ نَارٌ مُؤْصَدَةٌ i
90:20Ularni chiqib bo`lmaydigan o`t-olov o`rab olgandir. (20)