Sura Shams (Quyosh) — سُورَةُ الشمس
وَالشَّمْسِ وَضُحَاهَا i
Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam. (1)
وَالْقَمَرِ إِذَا تَلَاهَا i
Uning ortidan kelgan oy bilan qasam. (2)
وَالنَّهَارِ إِذَا جَلَّاهَا i
Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam. (3)
وَاللَّيْلِ إِذَا يَغْشَاهَا i
Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam. (4)
وَالسَّمَاءِ وَمَا بَنَاهَا i
Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam. (5)
وَالْأَرْضِ وَمَا طَحَاهَا i
Va yer bilan va uning to`shalishi bilan qasam. (6)
وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّاهَا i
Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam. (7)
فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا i
Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi. (8)
قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا i
Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi. (9)
وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسَّاهَا i
Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid bo`ldi. (10)
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَاهَا i
Samud qavmi o`z tug`yoni ila yolg`onga chiqardi. (11)
إِذِ انْبَعَثَ أَشْقَاهَا i
Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi. (12)
فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ نَاقَةَ اللَّهِ وَسُقْيَاهَا i
Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi. (13)
فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوَّاهَا i
Bas, (uni) yolg`onchiga chiqarishdi va (tuyani) so`yishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yo`q qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi. (14)
وَلَا يَخَافُ عُقْبَاهَا i
Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qo`rqmas. (15)