Sura Layl (Tun) — سُورَةُ الليل
وَاللَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ i
92:1Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam. (1)
وَالنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ i
92:2Nahorning tajalli payti bilan qasam. (2)
وَمَا خَلَقَ الذَّكَرَ وَالْأُنْثَىٰ i
92:3Erkak va urg`ochining yaratilishi bilan qasam. (3)
إِنَّ سَعْيَكُمْ لَشَتَّىٰ i
92:4Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur. (4)
فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَاتَّقَىٰ i
92:5Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa... (5)
وَصَدَّقَ بِالْحُسْنَىٰ i
92:6Va go`zalni tasdiq qilsa... (6)
فَسَنُيَسِّرُهُ لِلْيُسْرَىٰ i
92:7Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz. (7)
وَأَمَّا مَنْ بَخِلَ وَاسْتَغْنَىٰ i
92:8Va ammo, kimki baxillik va istig`no qilsa... (8)
وَكَذَّبَ بِالْحُسْنَىٰ i
92:9Va go`zalni yolg`onga chiqarsa... (9)
فَسَنُيَسِّرُهُ لِلْعُسْرَىٰ i
92:10Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz. (10)
وَمَا يُغْنِي عَنْهُ مَالُهُ إِذَا تَرَدَّىٰ i
92:11U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas. (11)
إِنَّ عَلَيْنَا لَلْهُدَىٰ i
92:12Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir. (12)
وَإِنَّ لَنَا لَلْآخِرَةَ وَالْأُولَىٰ i
92:13Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir. (13)
فَأَنْذَرْتُكُمْ نَارًا تَلَظَّىٰ i
92:14Bas, Men sizlarni lovullagan o`tdan ogohlantirdim. (14)
لَا يَصْلَاهَا إِلَّا الْأَشْقَى i
92:15Unga badbaxtdan boshqa kirmas. (15)
الَّذِي كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ i
92:16O`sha yolg`onga chiqargan va yuz o`girgan edi. (16)
وَسَيُجَنَّبُهَا الْأَتْقَى i
92:17Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladir. (17)
الَّذِي يُؤْتِي مَالَهُ يَتَزَكَّىٰ i
92:18U, boyligini sarflaydir va o`zini poklaydir. (18)
وَمَا لِأَحَدٍ عِنْدَهُ مِنْ نِعْمَةٍ تُجْزَىٰ i
92:19Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yo`q edi. (19)
إِلَّا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِ الْأَعْلَىٰ i
92:20Faqat, o`zining oliy maqom Robbining roziligini so`rab qiladir. (20)
وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ i
92:21Va albatta, tezda rozi bo`ladir. (21)