Sura Zuho (Choshgoh) — سُورَةُ الضحى
وَالضُّحَىٰ i
▶ 93:1Choshtgoh bilan qasam. (1)
وَاللَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ i
▶ 93:2Sukunatga cho`mgan tun bilan qasam. (2)
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ i
▶ 93:3Robbing seni tark qilgani yo`q, senga g`azab ham qilgani yo`q. (3)
وَلَلْآخِرَةُ خَيْرٌ لَكَ مِنَ الْأُولَىٰ i
▶ 93:4Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir. (4)
وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰ i
▶ 93:5Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi bo`lursan. (5)
أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَآوَىٰ i
▶ 93:6U seni yetim topib, joylab qo`ymadimi? (6)
وَوَجَدَكَ ضَالًّا فَهَدَىٰ i
▶ 93:7Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi? (7)
وَوَجَدَكَ عَائِلًا فَأَغْنَىٰ i
▶ 93:8Va U seni kambag`al holda topib, boy qilmadimi? (8)
فَأَمَّا الْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ i
▶ 93:9Ammo yetimga qahr qilmagin. (9)
وَأَمَّا السَّائِلَ فَلَا تَنْهَرْ i
▶ 93:10Va ammo, «soil»ga zajr qilma. (10)
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ i
▶ 93:11Va ammo Robbingning bergan ne'mati haqida so`zla. (11)