Sura Tin (Anjir) — سُورَةُ التين
وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ i
Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam. (1)
وَطُورِ سِينِينَ i
Va Turi Siyno bilan qasam. (2)
وَهَٰذَا الْبَلَدِ الْأَمِينِ i
Va mana bu eminlik yurti (Makka) bilan qasam. (3)
لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ i
Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik. (4)
ثُمَّ رَدَدْنَاهُ أَسْفَلَ سَافِلِينَ i
So`ngra uni asfala saafiliynga qaytardik. (5)
إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَلَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ i
Illo, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz va uzluksiz ajrlar bordir. (6)
فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعْدُ بِالدِّينِ i
Bas, seni oxiratni yolg`onga chiqarishga nima olib kelur?! (7)
أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَحْكَمِ الْحَاكِمِينَ i
Alloh hukm qilguvchilarning eng hikmatlisi emasmi?! (8)