Sura Al-Qadr (Qadr) — سُورَةُ القدر
Shuningdek quyidagicha tanilgan:
Innā Anzalnāhu fī Laylat al-Qadr (Biz uni Qadr kechasida nozil qildik)
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ i
Albatta, Biz U(Qur'on)ni Qadr kechasida tushirdik. (1)
وَمَا أَدْرَاكَ مَا لَيْلَةُ الْقَدْرِ i
Laylatul Qadr qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi? (2)
لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ i
Laylatul Qadr ming oydin yaxshiroqdir. (3)
تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ i
Unda farishtalar va Ruh Robbilari izni bilan barcha ishlar uchun tushadir. (4)
سَلَامٌ هِيَ حَتَّىٰ مَطْلَعِ الْفَجْرِ i
U to tong otguncha salom bo`lib turadir. (5)