Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 71 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 71 • Oʻzbekcha


وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِنْ كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُمْ مَقَامِي وَتَذْكِيرِي بِآيَاتِ اللَّهِ فَعَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُوا أَمْرَكُمْ وَشُرَكَاءَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةً ثُمَّ اقْضُوا إِلَيَّ وَلَا تُنْظِرُونِ 71
Tarjima:
Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u o`z qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim og`ir kelayotgan bo`lsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda o`z ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz o`zingiz uchun noaniq bo`lib qolmasin. So`ngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar. Yunus 10:71
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi haqni tan olmayotgan mushriklarga Nuh alayhissalomning qissasini soʻzlab bering. U qavmiga shunday degandi: "Ey qavmim, agar mening orangizda turishim sizlarga ogʻirlik qilayotgan boʻlsa, Allohning oyatlarini eslatayotganim, nasihatim malol kelayotgan boʻlsa va meni oʻldirishga qaror qilgan boʻlsangiz, men yolgʻiz Allohgagina tayanaman. U Zot sizning makru hiylangizni puchga chiqarur. Ishingizni puxta qilib, meni oʻldirishga chogʻlanavering, xudolaringizni yordamga chaqirishni ham unutmang. Keyin makringiz maxfiy sir boʻlmay qoladi. Meni oʻldirish rejasini tuzib boʻlganingizdan keyin bir lahza ham kechiktirmay ishga kirishavering.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 70 Keyingi Yunus • Oyat 72