Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar. Yunus 10:76 ⧉
Tafsir:
Muso bilan Horun alayhimassalom Firavn va uning ayoniga dinni olib kelgach, ular Muso alayhissalomning haq ekaniga dalolat qiluvchi oyatlarni haqiqat emas, sehrdir, dedilar.