U: «Yo`q, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi ko`rsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi. Yusuf 12:83 ⧉
Tafsir:
Ularga otalari dedi: "Ish sizlar aytayotgandek boʻlmagan. Sizlar oldin Yusuf borasida qilgan hiyla-nayranglaringizni takrorlayapsizlar. Endi menga chiroyli sabr qilishdan boshqa chora qolmadi. Shikva-shikoyatimni yolgʻiz Allohga qilaman. Shoyad, Alloh hammasini, Yusufni ham, ukasini ham, katta akalarini ham bagʻrimga qaytarsa. U ahvolimni koʻrib-bilib turguvchi va mening ishimni tadbir bilan qilguvchi hakim Zotdir.