Ular o`zlariga (o`lim) farishtalari yoki Robbingning (azob) amri kelishiga intizor bo`lib turibdilarmi? Ulardan oldingilar ham shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qilgan edilar. An-Nahl 16:33 ⧉
Tafsir:
Anavi haqni tan olmaydigan mushriklar oʻlim farishtalari kelib, yuzlariga va orqalariga urib, jonlarini olishidan yoki Parvardigoringizning ularni tag-tugi bilan quritib yuborish haqidagi farmoni kelishidan boshqa narsani kutmayaptilar. Oldingi mushriklar ham xuddi mana shu Makka mushriklari qilgan ishni qilgandilar. Alloh ularni halok qilgan paytda ularga zulm qilmagandi. Lekin ular Allohga kufr keltirish kabi halokatga olib boradigan ishlarni qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgandilar.