Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 41 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 41 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ هَاجَرُوا فِي اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً ۖ وَلَأَجْرُ الْآخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ 41
Tarjima:
Zulmga duchor bo`lganlaridan so`ng Allohning yo`lida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, go`zal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan bo`lsalar. An-Nahl 16:41
Tafsir:
Kofirlarning tazyiqi va qiynoqlariga yoʻliqqanlaridan keyin uy-joylariyu mol-davlatlarini tashlab, Allohning rizosi yoʻlida kufr diyoridan Islom diyoriga hijrat qilganlarga shu dunyoda ham yaxshi joylar ato etamiz va u joylarda aziz boʻlib yuradilar. Oxirat savobi esa buyukroqdir. Chunki uning ichida jannat ham bor. Hijrat qilmaganlar muhojirlarning savobi qanchalar boʻlishini bilganlarida edi, bu ishni chetga surmagan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 40 Keyingi An-Nahl • Oyat 42