Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Din ham bardavom Unikidir. Allohdan o`zgadan qo`rqasizlarmi? An-Nahl 16:52 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma narsa Uning yaratgani, Uning mulkidir. Itoat etish, boʻysunish, ixlos qilish ham yolgʻiz Ungadir. Allohdan boshqasidan qoʻrqasizlarmi? Aslo! Yolgʻiz Allohdangina qoʻrqinglar. Boshqa hech kimdan, hech narsadan qoʻrqmanglar.