Va ular yuklaringizni siz jon mashaqqatisiz yeta olmaydigan yurtlargacha ko`tarib boradi. Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir. Nahl 16:7 ⧉
Tafsir:
Sizlar uchun yaratib berganimiz bu hayvonlar ogʻir yuklaringizni boshqa yurtga eltib beradi. Hayvonlar boʻlmaganda oʻzingizcha u yurtga oʻta qattiq mashaqqat bilan yetib borgan boʻlar edingiz. Ey odamlar, Parvardigoringiz sizlarga Mehribon va Rahmlidir. Shu hayvonlarni boʻysundirib berishi rahmatining bir koʻrinishidir.