U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani so`rasam, men bilan birodarlik qilmay qo`yaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga yetkazding», dedi. Al-Kahf 18:76 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalom dedi: "Shundan keyin ham sendan biron narsa haqida soʻraydigan boʻlsam, meni tashlab ketaver. U paytda meni tashlab ketishga, hamroh qilmaslikka loyiq sabab topilgan boʻladi. Chunki men shartni uch marta buzgan, senga uch marta itoat etmagan boʻlaman".