Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolg`on gapirganlari uchun alamli azob bor. Al-Baqarah 2:10 ⧉
Tafsir:
Negaki, ularning qalblarida shubha bor edi. Bas, Alloh ularning shubhalariga shubha qoʻshdi. Ha, har kim ekkanini oʻradi. Allohga va odamlarga yolgʻon gapirganlari hamda Muhammad alayhissalom olib kelgan vahiyni yolgʻonga chiqarganlari uchun endi ularga doʻzaxning eng chuqur joyida alamli azob bordir.