O`zini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz o`girur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay. Baqara 2:130 ⧉
Tafsir:
Ibrohim alayhissalomning dinidan oʻziga jabr qilib, haqiqat oʻrniga zalolatni, azizlik turganda xorlikni tanlagan befarosat, kaltafahm odamlargina yuz oʻgiradi. Biz uni bu dunyoda paygʻambar va doʻst qilib tanladik, oxiratda esa u Alloh topshirgan vazifani ado etib, oliy martabalarga erishgan solihlar qatoridan joy oladi.