Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 155 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 155 • Oʻzbekcha


وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ ۗ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ 155
Tarjima:
Albata, Biz sizlarni bir oz qo`rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Baqara 2:155
Tafsir:
Sizlarni dushmandan xavfsirash, ozuqaning yetishmasligi sababli kelgan ochlik, mol-dunyo tanqisligi va uni topishdagi mashaqqatlar, ofatlar yoki Alloh yoʻlida shahid boʻlish tufayli jonlarning qirilishi hamda yerda oʻsadigan mevalarning kamligi kabi turli xil musibatlar bilan sinaymiz. Ey Paygʻambar alayhissalom, shu musibatlarga sabr qiluvchilarga xushxabar beringki, Alloh bu dunyoda ham, oxiratda ham ularning ishini oʻnglaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 154 Keyingi Baqara • Oyat 156