Agar bandalarim sendan Meni so`rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, to`g`ri yo`lni topsalar. Al-Baqarah 2:186 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, bandalarim Men haqimda soʻrasalar, aytingki, Men ularga yaqinman. Ahvollarini koʻrib-bilib turaman. Duolarini eshitaman. Bu borada ular hech qanday vositachilarga ham, ovozlarini baland koʻtarib qichqirishga ham muhtoj emaslar. Duogoʻyning ixlos bilan qilgan duosini ijobat qilaman. Shunday ekan, Menga boʻysunsinlar, buyruqlarimni bajarsinlar, iymonlarida barqaror tursinlar. Duolarini ijobat qilishimning eng foydali vositasi - mana shu. Shoyad shu bilan ular diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham rushdu hidoyat yoʻliga oʻtib olsalar.